UC5VdSVAU3EvGb6tly-_ZJtg
Ustoz, 3 oy bo‘ldi, erim ikkinchi ayolga uylanganini bilib qoldim. Erimning uyidagilar uning bu ishiga qarshi bo‘lib, rosa g‘alva-janjal ko‘tarishdi. Bir kuni uyda qattiq janjal bo‘ldi. Erim bir ishni reja qilgan ekan, o‘sha kuni meni olib, o‘sha qizning uyiga bordik. Lekin u qiz chiqmadi ham, men u qizni ko‘rmadim ham. Keyin uyga qaytib keldik va men erimning ota-onasiga u mening ko‘zim oldida u qizning talog‘ini berdi, deb yolg‘on gapirdim. O‘zim istamagan holda, faqat erimning ko‘ngliga qarab, unga rahmim kelganidan hammaga yolg‘on gapirib yuribman. Aslida, bunga o‘zim ham rozi emasman. Ustoz, men hozir hamma mening gapimga ishonib turganda yolg‘on gapirishim to‘g‘rimi? Keyin bu narsa bilinib qoladigan bo‘lsa, hamma malomat menga bo‘ladi. Men ham yolg‘on gapirib, hammaga hiyla qilib gunohkor bo‘lyapman, u qiz ham juda qiynalyapti, erim ham qiynalyapti. Meni aralashtirmay o‘zinglar hal qilinglar desam ham majbur shu ishga qo‘shilib qoldim. Ustoz, men yomon ish qildimmi deb juda qiynalyapman.